Davlatova, Shoira and Ibragimova, Munisa (2026) “TERMIZ ORQALI O‘TUVCHI XALQARO TRANSPORT YO‘LAKLARI XAVFSIZLIGINI HUQUQIY TA’MINLASH”. ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH; Vol. 3 No. 5 (2026): ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH; 416-430.
34618.pdf - Published Version
Download (267kB)
Abstract
: Ushbu maqolada Termiz orqali o‘tuvchi xalqaro transport yo‘laklari xavfsizligini huquqiy ta’minlash masalalari milliy va xalqaro huquqiy asoslar doirasida tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining transport sohasidagi qonunchiligi, xususan “Transport to‘g‘risida”, “Avtomobil transporti to‘g‘risida” hamda “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonunlarning transport xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, Jinoyat kodeksining transport xavfsizligi bilan bog‘liq normalari, terrorizm va noqonuniy yuk tashish xavflarining oldini olishga qaratilgan mexanizmlar tahlil etilgan.
Shuningdek, xalqaro huquqiy hujjatlar, jumladan CMR, TIR, ADR, Chicago va Montreal konvensiyalarining xalqaro transport yo‘laklari xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Ayniqsa, Termiz-Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘l yo‘nalishi hamda Transafg‘on transport koridorining mintaqaviy integratsiya, tranzit salohiyatini oshirish va Markaziy hamda Janubiy Osiyoni bog‘lashdagi strategik roli huquqiy jihatdan asoslab berilgan. Transport yo‘laklari xavfsizligini ta’minlashda bojxona nazorati, elektron hujjatlashtirish, risklarni boshqarish tizimi va xalqaro hamkorlikning muhimligini ta’kidlangan.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 19 Nov 2026 21:08 |
| Last Modified: | 19 Nov 2026 21:08 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/24564 |
