GERPES VIRUSLI INFEKSIYALAR UCHRASH DARAJASI, PATOGENEZI VA ALLERGIK PATOLOGIYALAR KECHISHIDAGI OʻRNI TOʻGʻRISIDA ZAMONAVIY TASAVVURLAR

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 6 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 188-199.

QURBONOVA, MAFTUNA (2026) GERPES VIRUSLI INFEKSIYALAR UCHRASH DARAJASI, PATOGENEZI VA ALLERGIK PATOLOGIYALAR KECHISHIDAGI OʻRNI TOʻGʻRISIDA ZAMONAVIY TASAVVURLAR. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 6 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 188-199.

[thumbnail of 2196.pdf] PDF
2196.pdf - Published Version

Download (335kB)

Abstract

Ushbu sharh maqolada gerpesvirusli infeksiyalarning tarqalishi, etiopatogenezi, klinik xususiyatlari hamda bolalarda allergik kasalliklarning rivojlanishi va kechishidagi ehtimoliy o‘rni bo‘yicha zamonaviy ilmiy ma’lumotlar tahlil qilingan. Oddiy gerpes viruslari, Epstayn–Barr virusi, sitomegalovirus va 6-tipdagi odam gerpesvirusining epidemiologik xususiyatlari, organizmda latent persistensiyalanishi, reaktivatsiyalanish mexanizmlari hamda immun tizimiga ta’siri yoritilgan. Gerpesvirusli infeksiyalarning atopik dermatit, allergik rinit, bronxial astma va boshqa allergik holatlar bilan o‘zaro bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratilgan. Infeksion va allergik jarayonlarning immunopatogenezida Th1/Th2 muvozanatining buzilishi, sitokinlar regulyatsiyasidagi o‘zgarishlar, IgE vositachiligidagi sensibilizatsiya, hujayraviy immunitet disfunksiyasi hamda genetik omillarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, gerpesvirusli infeksiyalarning allergik kasalliklar kechishiga ta’siri yuzasidan mavjud tadqiqot natijalarining ayrim jihatlari bir-biriga zid ekanligi ko‘rsatilgan. Tahlil qilingan ilmiy ma’lumotlar gerpesviruslarni allergik yallig‘lanishning ehtimoliy qo‘zg‘atuvchi va kechishini o‘zgartiruvchi omillari sifatida baholash mumkinligini, biroq ularning allergik kasalliklar rivojlanishidagi mustaqil etiologik ahamiyati to‘liq isbotlanmaganligini ko‘rsatadi. Gerpesvirusli infeksiyalar va allergik patologiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashtirish uchun qo‘shimcha klinik-immunologik tadqiqotlar zarurligi ta’kidlangan

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 19 Nov 2026 21:08
Last Modified: 19 Nov 2026 21:08
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/24626

Actions (login required)

View Item
View Item