XIDIROV, BOBUR and JUMANOV, DILSHOD (2026) TAKRORIY EKIN SIFATIDA YETISHTIRILGAN MAKKAJO‘XORI NAVLARINING OZIQLANISHIDA ORGANIK O‘G‘ITLARNING AHAMIYATI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 284-289.
738.pdf - Published Version
Download (347kB)
Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekilgan “Qumqishloq” va “Termo” makkajo‘xori navlarini yetishtirishda organik o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotda chirigan go‘ng va biogumusning turli me’yorlari qo‘llanilib, ularning makkajo‘xori o‘simliklarining o‘sishi, rivojlanishi va hosil shakllanish jarayonlariga ta’siri baholangan. Organik o‘g‘itlardan foydalanish o‘simliklarning oziqlanish sharoitini yaxshilashi, vegetativ organlar va barg apparatining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Biogumus va chirigan go‘ngning maqbul me’yorlaridan foydalanish takroriy ekin sharoitida makkajo‘xorining agrobiologik rivojlanishini yaxshilashga xizmat qilishi qayd etildi. Tadqiqot natijalari mahalliy organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish orqali takroriy makkajo‘xori yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 20 Nov 2026 21:07 |
| Last Modified: | 20 Nov 2026 21:07 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/24697 |
