Muhammadova, Nasiba (2026) TAKRORIY DON UCHUN EKILGAN MAKKAJO`XORINING TEZPISHAR DURAGAYLARINI MAQBUL SUGORISH TARTIBLARINI ISHLAB CHIQARISH. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 290-295.
740.pdf - Published Version
Download (270kB)
Abstract
Mazkur maqolada takroriy ekin sifatida don uchun yetishtiriladigan makkajo‘xorining (Zea mays L.) tezpishar duragaylari uchun maqbul sug’orish tartiblarini ishlab chiqishning ilmiy-nazariy va agrotexnologik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan makkajo‘xorining o‘sishi, rivojlanishi, suvga bo‘lgan talabi, tuproq namligi va sug’orish rejimining don hosildorligiga ta’siri tahlil qilingan. Makkajo‘xorining tezpishar duragaylarini takroriy ekin sifatida yetishtirishda suv resurslaridan oqilona foydalanish, vegetatsiya davrida tuproq namligini maqbul darajada saqlash, sug’orish muddatlari va me’yorlarini ilmiy asosda belgilash muhim agrotexnik tadbirlar hisoblanadi. Maqolada tuproqning cheklangan dala nam sig’imiga (ChDNS) nisbatan 65–70–60%, 70–75–65% va 75–80–70% namlik chegaralariga asoslangan sug’orish variantlarini tajribada baholash metodikasi taklif etiladi. Shuningdek, sug’orish suvining sarfi, don hosildorligi, suvdan foydalanish samaradorligi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash usullari bayon etiladi. Taklif etilgan metodologik yondashuv tezpishar makkajo‘xori duragaylarining biologik xususiyatlariga mos, suvni tejovchi va yuqori hosildorlikni ta’minlovchi sug’orish tartiblarini aniqlashga xizmat qiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 23 Nov 2026 21:07 |
| Last Modified: | 23 Nov 2026 21:07 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/24921 |
