Murodov, Turg‘unbek and Kamolova, Moxinur (2026) O‘ZBEKISTONDA TIBBIY SUG‘URTA TIZIMINI JORIY ETISH: QOZOG‘ISTON VA TURKIYA TAJRIBASI ASOSIDA QIYOSIY TAHLIL VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. MAXSUS SON-3 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 767-774.
2226.pdf - Published Version
Download (346kB)
Abstract
Maqolada O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktyabrda barcha hududlarda joriy etilishi yakunlangan davlat tibbiy sug‘urtasi (DTS) Qozog‘istonning majburiy ijtimoiy tibbiy sug‘urta va Turkiyaning umumiy sog‘liq sug‘urtasi tizimlari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Uch tizimning huquqiy asoslari, moliyalash manbalari, boshqaruvi, xizmatlar paketi va aholi qamrovi rasmiy hujjatlar hamda JSST, Jahon banki va OECD ma’lumotlari asosida taqqoslanadi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston tizimi fuqarolardan badal olmaydi va byudjetga tayanishi, Qozog‘istonda ish beruvchi 3%, xodim 2% badal to‘lashi, Turkiyada esa badal ish haqining 12,5% ini tashkil etishi aniqlandi. O‘zbekistonda umumiy sog‘liq xarajati Qozog‘iston va Turkiyadagidan yuqori bo‘lsa-da, uning yarmidan ko‘pini (53%, 2020-yil) aholi o‘z cho‘ntagidan to‘laydi; Turkiyada bu ulush 18,8% (2024-yil) ni tashkil etadi. Tadqiqot asosida bitta kafolatlangan paketni saqlash, aholining o‘z to‘lovlarini asosiy samaradorlik mezoni sifatida kuzatish, jamg‘armaning mustaqilligi va xaridor-yetkazuvchini ajratish, xizmat sifati hamda infratuzilmaga ustuvorlik berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 25 Nov 2026 21:08 |
| Last Modified: | 25 Nov 2026 21:08 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/25123 |
