QISMAN KO'RISH QOBILYATIGA EGA BO'LGAN PARA YADRO ITQITUVCHILARINING KLASSIK OG’IR ATLETIK VA PAURLIFTING MASHQLARI ASOSIDA KUCH SIFATLARINI SHAKILLANTIRISH

ORIGINAL SOURCE
Originally published in JOURNAL OF APPLIED MEDICAL SCIENCES; Vol. 1 No. 1 (2026): JOURNAL OF APPLIED MEDICAL SCIENCES; 9-15.

Zadibova, Dilnur and Xaydarov, Mirg’ofur (2026) QISMAN KO'RISH QOBILYATIGA EGA BO'LGAN PARA YADRO ITQITUVCHILARINING KLASSIK OG’IR ATLETIK VA PAURLIFTING MASHQLARI ASOSIDA KUCH SIFATLARINI SHAKILLANTIRISH. JOURNAL OF APPLIED MEDICAL SCIENCES; Vol. 1 No. 1 (2026): JOURNAL OF APPLIED MEDICAL SCIENCES; 9-15.

[thumbnail of 32.pdf] PDF
32.pdf - Published Version

Download (338kB)

Abstract

Mazkur ilmiy maqola qisman ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgan para yadro itqituvchilar uchun klassik og‘ir atletika va paurlifting mashqlari asosida kuch sifatlarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Para-sportchilar jismoniy tayyorgarlik jarayonida nafaqat umumiy kuchni, balki maxsus kuch sifatlarini ham rivojlantirishlari zarur. Yadro itqitish sport turi yuqori darajadagi eksploziv kuch, koordinatsiya va psixologik barqarorlikni talab etadi. Shu bois, paurlifting mashqlari bench press (yotib ko’tarish) hamda og‘ir atletika mashqlari squat (o‘tirib turish), Deadlift (shtangani yerda turgan holatdan bel va oyoqlar yordamida ko‘tarish)  ushbu sportchilar uchun kuch sifatlarini shakllantirishda asosiy vosita sifatida tanlandi. Tadqiqotda qisman ko‘rish qobiliyatiga ega sportchilar uchun mashg‘ulot dasturi moslashtirilgan holda ishlab chiqildi. Mashqlarni bajarishda ovozli ko‘rsatmalar, taktik belgilar va trener nazorati qo‘llanildi. Bu yondashuv sportchilarning xavfsizligini ta’minlash, texnik xatolarni oldini olish va mashg‘ulot samaradorligini oshirishga xizmat qildi. O‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, klassik og‘ir atletika mashqlari sportchilarda dinamik kuch va tezkorlikni rivojlantirsa, paurlifting mashqlari statik kuch va mushak chidamliligini shakillantiradi va  mustahkamlaydi. Natijalar sportchilarning umumiy kuch ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sishni, yadro itqitish texnikasida barqarorlikni va psixologik ishonchning ortishini namoyon etdi. Shuningdek, kombinatsiyalangan mashg‘ulot dasturi sportchilarning motivatsiyasini oshirdi va ularni musobaqa sharoitiga yaxshiroq tayyorladi. Tadqiqotdan kelib chiqqan holda, qisman ko‘rish qobiliyatiga ega para yadro itqituvchilar uchun og‘ir atletika va paurlifting mashqlarini bosqichma-bosqich yuklama asosida qo‘llash, individual yondashuvni ta’minlash va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish tavsiya etiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from JAMS
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 21 Sep 2026 22:59
Last Modified: 21 Sep 2026 22:59
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/2690

Actions (login required)

View Item
View Item