Tursunov, Uktam and Muzrobova, Muxlisa (2026) KIBERMAKONDA DIN: MISSIONERLIK VA PROZELITIZMNING IJTIMOIY-SIYOSIY XAVFI. JOURNAL OF LAW AND ECONOMICS; Vol. 9 No. 2 (2026): JOURNAL OF LAW AND ECONOMICS; 102-105.
155.pdf - Published Version
Download (263kB)
Abstract
Ushbu maqolada kibermakonda diniy axborot tarqalishi, missionerlik va prozelitizmning yangiraqamli shakllari hamda ularning jamiyat barqarorligi, yoshlar dunyoqarashi, konfessiyalararototuvlik va milliy xavfsizlikka ta’siri tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv davrida din va interneto‘rtasidagi bog‘liqlik kuchayib, diniy bilim olish, ma’naviy muloqot, fatvo va diniy savollargajavob topish jarayoni ko‘p hollarda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, videoplatformalar va bloglarorqali amalga oshmoqda. O‘zbekistonda internetdan foydalanish ko‘lami juda tez kengaymoqda:DataReportal ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil boshida mamlakatda 32,7 million internetfoydalanuvchisi mavjud bo‘lib, internet penetratsiyasi 89 foizni tashkil qilgan. 2025-yil yanvaravgustholatida esa rasmiy statistika internetdan foydalanuvchilar ulushi 94,2 foizga yetganini qaydetgan. Bu ko‘rsatkichlar diniy-ma’rifiy axborotning ham tobora ko‘proq raqamli makongako‘chayotganini anglatadi.Shu bilan birga, kibermakon diniy erkinlikni kengaytirish bilan bir qatorda, yashirin targ‘ibot,psixologik ta’sir, algoritmik manipulyatsiya, yolg‘on diniy ma’lumotlar, soxta ulamolar, noqonuniydiniy guruhlarga jalb qilish va jamiyatda mafkuraviy bo‘linish hosil qilish xavfini ham kuchaytiradi.Maqolada missionerlik va prozelitizm oddiy diniy suhbat yoki e’tiqod erkinligidan farqlanib, ularmajburlash, aldash, moddiy rag‘bat, hissiy bosim yoki siyosiy maqsadga yo‘naltirilgan ta’sirshaklida namoyon bo‘lganda ijtimoiy-siyosiy xavfga aylanishi asoslab beriladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from JOLAE |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 21 Sep 2026 22:59 |
| Last Modified: | 21 Sep 2026 22:59 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/2729 |
