Ollaberganova, Gulora and Ro‘zimboyeva, Hulkar (2025) O‘QUVCHILARGA KONSTRUKTIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA CHIZMACHILIK FANINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI. MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL; Vol. 1 No. 6 (2025): MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL; 140-145.
24514.pdf - Published Version
Download (647kB)
Abstract
Mazkur dissertatsiyada chizmachilik fanining o‘quvchilarda konstruktiv fikrlashni shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari chuqur ilmiy-pedagogik tahlil qilinadi. Konstruktiv fikrlash – bu mavjud bilimlar asosida yangicha qarashlarni shakllantirish, muammolarga texnik yondashuv bilan yechim topish, murakkab shakllarni modellashtirish va grafik tasvirlashga qaratilgan kognitiv jarayondir. Aynan chizmachilik fani o‘quvchilarning fazoviy tasavvuri va konstruktiv tafakkurini shakllantirishda asosiy fanlardan biri sifatida xizmat qiladi. Dissertatsiyada chizmachilik darslarining didaktik tuzilmasi, grafik mashqlar tizimi, innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari va interfaol metodik yondashuvlar o‘rganiladi. O‘quvchilarga grafik topshiriqlar orqali obyektlarning shakli, hajmi, tuzilishi va fazodagi holatini anglashga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar orqali ularda konstruktiv fikrlash kompetensiyalari rivojlanadi.
Tadqiqotda metodik eksperimentlar asosida ishlab chiqilgan topshiriqlar, CAD dasturlari asosida yaratilgan grafik modellar, shuningdek, real texnik obyektlar asosida tuzilgan mashg‘ulotlar tahlil etiladi. Ushbu yondashuv orqali chizmachilik fanining nafaqat amaliy ahamiyati, balki intellektual rivojlanishga qo‘shadigan hissasi ham yoritiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Multidisciplinary Journal: Fundamental Research Scientific Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 22 Sep 2026 22:34 |
| Last Modified: | 22 Sep 2026 22:34 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/3749 |
