STL KUTUBXONALARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY; Vol. 1 No. 10 (2024): INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY; 46-53.

Umarjanov, Shoxrux and Choriyev, Mahmudjon and Ismailov, Alisher (2024) STL KUTUBXONALARI. INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY; Vol. 1 No. 10 (2024): INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY; 46-53.

[thumbnail of 4039.pdf] PDF
4039.pdf - Published Version

Download (246kB)

Abstract

Dasturlash – kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va o’zgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori savilayi dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Pyhton) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash: masalani mashina tilida Dasturlash
Dasturlashning asosiy qismlaridan biri STL (Standart shablon kutubxonalari) biz bu mavzuni C++ dasturlash tilida yoritib beramiz. C++ Standart Shablon Kutubxonasi (STL) dasturchilarga ma'lumotlar strukturalari va algoritmlarni samarali boshqarish uchun umumiy yondashuvni taqdim etadi. STL ning asosiy qismi konteynerlar bo‘lib, ular ma'lumotlarni saqlash va boshqarish uchun mo‘ljallangan sinflar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Konteynerlar odatda turlar va ma'lumotlar ketma-ketligini saqlash uchun ishlatiladi va ular turli xil ehtiyojlarga mos keladigan ko‘rinishlarga ega.
C++ da STL (Standart Shablon Kutubxonasi) — bu shablonlar texnologiyasiga asoslangan kutubxona bo‘lib, umumiy ma'lumotlar strukturalari va algoritmlarni o‘z ichiga oladi. STL uch asosiy komponentdan iborat:

Konteynerlar (Containers): Ma'lumotlarni saqlash va boshqarish uchun maxsus sinflar to‘plami.
Algoritmlar (Algorithms): Ma'lumotlar ustida bajariladigan umumiy amallar (masalan, `sort()`, `find()`.
Iteratorlar (Iterators): Konteyner elementlariga kirish va ularni boshqarish uchun foydalaniladigan mexanizmlar.

STLning asosiy maqsadi — kodni qayta foydalanish, dasturiy ta'minotning moslashuvchanligini ta'minlash va ma'lumotlar ustida samarali operatsiyalarni amalga oshirishdir. STL kutubxonasi konteyner sinflarini taqdim etadi, ular yordamida ma'lumotlar tuzilmalarini yaratish va boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from International Conference on Advance Science and Technology
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 22 Sep 2026 22:34
Last Modified: 22 Sep 2026 22:34
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/4067

Actions (login required)

View Item
View Item