QISHLOQ XO'JALIK EKINLARIDA “BAYKAL-EM-1 MIKROBIOLOGIK O'G'ITINING AHAMIYATI.

ORIGINAL SOURCE
Originally published in AGROINNOVATSIYА; Vol. 3 No. 2 (2025): AGROINNOVATION; 113-119.

Yusupov, Abdijabbor and Normurodov, Oybek and Yusupov, Abdijabbor and Normurodov, Oybek and Юсупов, Абдиджаббор and Нормуродов, Ойбек (2025) QISHLOQ XO'JALIK EKINLARIDA “BAYKAL-EM-1 MIKROBIOLOGIK O'G'ITINING AHAMIYATI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 3 No. 2 (2025): AGROINNOVATION; 113-119.

[thumbnail of 258.pdf] PDF
258.pdf - Published Version

Download (286kB)

Abstract

Baykal EM-1 — bu ekologik toza, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan mikrobiologik o‘g‘it bo‘lib, o‘simliklarning o‘sishiga, rivojlanishiga va hosildorligining oshishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu biopreparat tarkibida foydali mikroorganizmlar majmuasi, xususan, azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar, fosfor erituvchi mikroblar va fitogormon ishlab chiqaruvchi zamburug‘lar mavjud. Baykal EM-1 qo‘llanilishi natijasida tuproq unumdorligi oshadi, organik moddalarning parchalanishi tezlashadi, zararli mikroorganizmlar faoliyati bostiriladi va o‘simliklar ildiz tizimi mustahkamlanadi. Maqolada Baykal EM-1 o‘g‘itining tarkibi, ishlatilish usullari, agrotexnik afzalliklari, shuningdek, uni turli qishloq xo‘jalik ekinlariga qo‘llashda kuzatilgan natijalar yoritilgan. Shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlariga asoslangan ilmiy ma’lumotlar keltirilib, o‘g‘itning samaradorligini ilmiy jihatdan isbotlovchi faktlar bilan mustahkamlangan. Bu mikrobiologik preparat ekologik xavfsizligi, iqtisodiy tejamkorligi va agroekotizimdagi muvozanatni tiklashdagi roli bilan ahamiyatlidir. Shu bois, Baykal EM-1 qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida e’tirof etiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from AGROINNOVATSIYA
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 22 Sep 2026 22:35
Last Modified: 22 Sep 2026 22:35
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/4678

Actions (login required)

View Item
View Item