MAISHIY CHIQINDIXONA ATROFI TUPROQ VA O‘SIMLIKLARI TARKIBIDA OG‘IR METALLAR MIQDORINING O‘ZGARISHI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in AGROINNOVATSIYА; Vol. 1 No. Maxsus son Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman (2025): O‘ZBEKISTON JANUBIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI II Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani; 9-18.

G.R.Atoyeva and Z.A.Jabbarov and F.Qurbonov (2025) MAISHIY CHIQINDIXONA ATROFI TUPROQ VA O‘SIMLIKLARI TARKIBIDA OG‘IR METALLAR MIQDORINING O‘ZGARISHI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 1 No. Maxsus son Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman (2025): O‘ZBEKISTON JANUBIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI II Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani; 9-18.

[thumbnail of 306.pdf] PDF
306.pdf - Published Version

Download (431kB)

Abstract

Ushbu tadqiqotda maishiy chiqindixona atrofida joylashgan tuproqlarda rux, mishyak va kadmiy elementlarining klark konsentratsiyasi (Kk) hamda klark tarqalish koeffitsienti (Kt) o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Zn elementi uchun Kk qiymatlari asosan 1 dan past bo‘lib, tuproqda bu elementning tabiiy fon darajasida ekanligi kuzatildi. As elementi ayrim kesmalarda 1 dan yuqori Kk qiymatini ko‘rsatib, mahalliy ifloslanish manbalarini aks ettiradi. Cd elementi esa eng faol migratsiyaga ega bo‘lib, Kt qiymatining 2 dan 6,5 gacha o‘zgarishi Cd ning tuproq qatlamlari bo‘yicha notekis va harakatchan ekanligini bildiradi.
Olingan ma’lumotlar asosida, chiqindixona atrofi tuproqlarida Zn, As va Cd elementlarining konsentratsiyasi tabiiy fon bilan solishtirganda o‘rtacha darajadagi antropogen ta’sir mavjudligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, Cd elementining yuqori tarqalish koeffitsienti biologik zanjir (tuproq–o‘simlik–inson) orqali ekologik xavf tug‘dirishi mumkin. Shunday qilib, klark ko‘rsatkichlarining tahlili maishiy chiqindixonalar atrofidagi og‘ir metall ifloslanishining monitoring tizimini shakllantirish va tuproqni rekultivatsiya qilish strategiyasini belgilash uchun ilmiy asos yaratadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from AGROINNOVATSIYA
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 22 Sep 2026 22:35
Last Modified: 22 Sep 2026 22:35
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/4702

Actions (login required)

View Item
View Item