Jaxongir, Normatov (2024) “GO`RO`G`LI” DOSTONLARI TURKUMIDA PARI OBRAZINING TALQINI. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi; Vol. 2 No. 1 (2024): "YANGI O'ZBEKISTONDA TABIIY VA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR RESPUBLIKA ILMIY AMALIY KONFERENSIYASI"; 162-164.
7764.pdf - Published Version
Download (616kB)
Abstract
Xalq dostonlari mifologiyasida pari obrazining ko`plab turlari mavjud. Xususan, daryo, dengiz bo`yida yashovchi xalqlar mifologiyasida “Suv parisi” , quruqlikda, cho`llarda, adir va tog`li hududlarda yashovchi xalqlar mifologiyasida “Pari”, “Ajina”, “Jin”, “Alvasti ” tarzida namoyon bo`ladi. Har bir xalq o`z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda bu obrazlarni turli xilda gavdalantiradi. Ezgulikka xizmat qiluvchi va yovuzlik urug`ini tarqatuvchi, insonlarni aldab suvga g`arq qiluvchi parilar haqida miflar to`qishgan. Bugungi kunda ham suv parilari haqidagi turli videolar internet tarmoqlari bo`ylab ko`p tarqalgan. Insonlar orasida bu hodisalarga ishonch yo`qligi aytilsa ham, ich-ichidan bu miflarning haqiqatga yaqinligiga inonch hosil qilganlar. Buning boisi azaldan xalqlar etnonimida miflarning ahamiyati juda katta bo`lganligi va aynan shu miflarga ishonib ulg`aygan xalqning ong ostidagi sezimlaridadir. O`zbek xalqi bolalarni tarbiyalashda to`polon qilmasliklari uchun turli “Alvasti” va ”Ajina”lar haqida qo`rqinchi ertak, matallar orqali sho`x bolalarni tartibga chaqirgan. Suv bo`ylarida o`ynamasliklari uchun ularga “Suv parisi”, “Yalmog`iz” haqidagi miflarni aytib, yolg`iz o`zi suv bo`yiga bormaslik, kechqurunlari cho`milmaslik haqida ko`p uqtirganlar.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Yangi O'zbekistonda tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar konferensiyasi |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 23 Sep 2026 22:41 |
| Last Modified: | 23 Sep 2026 22:41 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/6006 |
