Boliqulova, Farangiz and Oltiboyeva, Farangiz (2024) TURLI YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O'RGATISH USULLARI. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; Vol. 1 No. 10 (2024): INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; 59-62.
4330.pdf - Published Version
Download (297kB)
Abstract
Ushbu maqola turli yoshdagi ( maktab, maktabgacha ta'lim) bolalarga chet tillarini turli metodlar orqali o'rgatish usullari haqida ma’lumot berib o’tdik. Ingliz tilini bolalarga o’rgatish jarayonida yosh guruhlarining psixologik va kognitiv rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish muhim. Kichik yoshdagi bolalar uchun o’yinlar, qo’shiqlar, rasm va interaktiv materiallar asosida til o’rgatish samarali bo’ladi, chunki ular ko’proq vizual va eshitish orqali yangi ma’lumotlarni qabul qilishadi. O’rta yoshdagilar bilan ishlashda oddiy grammatika, so’z boyligini kengaytirish va qisqa dialoglarni o’rgatish zarur. Bu yoshdagilar interaktiv mashg’ulotlar, ro’yxatlar va qisqa hikoyalar orqali tilni tez o’rganadilar. Kattaroq bolalar esa muloqotga yo’naltirilgan metodlarga, so’z boyligini boyitish va to’g’ri talaffuzni o’rgatishga ko’proq e’tibor qaratishadi. Film, kitoblar va boshqa vizual materiallar yordamida ularga tilni boyitish va fikrlarini ifodalashda yordam berish mumkin. Shu tariqa, har bir yosh guruhiga moslashgan metodlar orqali bolalarga ingliz tilini samarali va qiziqarli tarzda o’rgatish mumkin, bu esa ularning til o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshiradi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from ICMDPL Conference |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 23 Sep 2026 22:42 |
| Last Modified: | 23 Sep 2026 22:42 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/6872 |
