Bozorova, Sabohat (2024) O‘ZBEK VA TURK TILLARIDAGI “OT” KOMPONENTLI MAQOLLARDA RANG-TUS BILDIRUVCHI LEKSEMALAR. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; Vol. 1 No. 11 (2024): INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS; 105-112.
4812.pdf - Published Version
Download (343kB)
Abstract
Til insonlarning bilim va tajribalarini keyingi avlodlarga yetkazuvchi muhim vositadir. Tilning lug‘at boyligi, xalqning madaniyati, dunyoqarashi, asriy tajribalari, ijtimoiy hukmlari, ma’naviy qadriyatlari maqollarda ham yorqin aks etadi. Turkiy tillarda jamiyatning madaniy va ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hayvonlar nomlari asosida tashkil topgan maqollar juda ko‘p. Maqollarda eng ko‘p uchraydigan hayvon nomi ot hisoblanadi. Zoonim komponentli barcha maqollarda bo‘lgani kabi, “ot” komponentli maqollarda ham insonlarga berilmoqchi bo‘lgan nasihat, yetkazilmoqchi bo‘lgan fikr o‘z ma’nosida yoki ko‘chma ma’noda ifoda etiladi. Ana shunday maqollarda rang bildiruvchi so‘zlar vositasida fikr yanada ta’sirchan shaklda ifoda etiladi. Turkiy tillar rang-tus bildiruvchi so‘zlarga juda boyligi bilan ajralib turadi. Turkiy tillarda otlarning rang-tusini bildiruvchi so‘zlarning hayratlanarli darajada ko‘pligi e’tiborni tortadi. Bu holat turkiy xalqlarning, asosan, ovchilik, chorvachilik, hunarmandlik, harbiy faoliyat bilan shug‘ullangani, ular hayotida hayvonlarning muhim o‘rin tutgani bilan izohlanadi. Ayni paytda til egalarining teran tafakkuri, yuksak badiiy zakovatidan ham darak beradi. Tadqiqotimizda otlarning rang-tusini bildiruvchi so‘zlar uchraydigan maqollar xususida so‘z yuritiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from ICMDPL Conference |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 23 Sep 2026 22:43 |
| Last Modified: | 23 Sep 2026 22:43 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/6901 |
