Kenjayeva, To‘lg‘onoy and Nurmatov, Norqobil and Baymirov, Abdumalik (2026) PATISSON F1 DURAGAYLARINING IRSIYLANISH QONUNIYATLARI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 1 (2026): AGROINNOVATION; 41-48.
456.pdf - Published Version
Download (492kB)
Abstract
F1 duragaylarining asosiy xususiyatlari- geterozis effekti (geterozis) F1duragaylar ko‘pincha ota-onalariga qaraganda kuchliroq o‘sadi, yuqori hosildorlikka ega bo‘ladi, kasalliklarga chidamliroq bo‘ladi. Barqarorlik faqat birinchi avlodda bo‘ladi. F2 avlod –bu F1 duragaylarni o‘zaro chatishtirish (yoki o‘z-o‘zini changlatish) natijasida hosil bo‘ladigan ikkinchi avloddir. Seleksiya va genetika tadqiqotlarida aynan F2 avlod eng muhim bosqich hisoblanadi, chunki belgilar aynan shu avlodda ajraladi. Irsiylanish qonuniyatlari (Mendel qonunlari asosida): F1duragaylar ikkita sof chiziqli (gomozigota) ota-onaning chatishtirilishidan hosil bo‘ladi. Bir xil belgining ustunligi (dominantlik): masalan, patissonning oq rangi dominant (A), sariq rangi retsessiv (a) bo‘lsa: Ota: AA (oq rangli patisson) Ona: aa (sariq rangli patisson) F1 avlod: Aa → oq rang bo‘ladi, chunki A dominant. Ajralish qonuni asosida F1 duragaylar o‘zaro chatishtirilsa (Aa × Aa), F2 avlodda: genotiplar: 1 AA : 2 Aa : 1 aa fenotiplar: 3 oq : 1 sariq (agar A dominant bo‘lsa) ya’ni, F1 duragaylaridan olingan urug‘lar (ya’ni F2 avlod) ota-onasining belgilarini aniq takrorlamaydi. F2 avlodda belgilar tarqoq bo‘ladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 23 Sep 2026 22:43 |
| Last Modified: | 23 Sep 2026 22:43 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/7053 |
