TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 03 (2025): AGROINNOVATSIYA; 34-39.

Xolmuminov, Sherzod (2026) TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 03 (2025): AGROINNOVATSIYA; 34-39.

[thumbnail of 526.pdf] PDF
526.pdf - Published Version

Download (286kB)

Abstract

Maqolada 2024 yil vegetatsiya davri sharoitida turli ekish muddatlari hamda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining g‘o‘zaning Buxoro-102, Sherobod-ShN, Termiz-202 va SP-1607 navlarida ko‘chat qalinligi shakllanishiga ta’siri ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqotlarda ekish muddatlarining chigitlarning unib chiqish darajasi, ko‘chatlarning dastlabki rivojlanishi hamda vegetatsiya davri oxirigacha saqlanib qolish ko‘rsatkichlariga ta’siri baholangan. Olingan natijalar ekish muddatlari g‘o‘za ko‘chatlari qalinligining shakllanishida muhim agrotexnik omil ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, aprel oyida ekilgan variantlarda tuproqning harorat va namlik sharoitlari urug‘larning bir maromda unib chiqishi uchun qulay bo‘lib, natijada ko‘chatlarning dala unuvchanligi va mavsum yakunidagi saqlanish darajasi yuqori bo‘ldi. Kechiktirilgan ekish muddatlarida esa ko‘chat qalinligining ma’lum darajada kamayishi kuzatildi. Shuningdek, ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining qo‘llanilishi ko‘chatlarning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, optimal oziqlanish sharoitida ko‘chatlarning saqlanib qolish darajasini oshirganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Termiz-202 va SP-1607 navlari barcha ekish muddatlarida nisbatan yuqori ko‘chat qalinligi ko‘rsatkichlarini namoyon etib, ularning ekologik moslashuvchanligi va dala sharoitida yashovchanlik darajasi yuqori ekanligini tasdiqladi. Mazkur natijalar g‘o‘za navlarini yetishtirishda maqbul ekish muddatlari va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini belgilash orqali ko‘chat qalinligini me’yorlashtirish hamda yuqori hosildorlikka erishishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from AGROINNOVATSIYA
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 23 Sep 2026 22:43
Last Modified: 23 Sep 2026 22:43
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/7088

Actions (login required)

View Item
View Item