Turdiyev, Botirjon (2026) TURLI KO‘CHAT QALINLIGI HAMDA QO‘SHQATOR USULIDA YETISHTIRILGAN G‘O‘ZA PARVARISHIDA QO‘LLANILGAN MINERAL O‘G‘ITLARNI G‘O‘ZANING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 03 (2025): AGROINNOVATSIYA; 59-67.
534.pdf - Published Version
Download (537kB)
Abstract
Maqolada Surxondaryo viloyatining taqir-o‘tloqi tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zaning “Termiz-202” navini qo‘shqator usulida yetishtirishda turli ko‘chat qalinligi (140, 160, 180 ming tup/ga), mineral o‘g‘it me’yorlari (N250P175K125, N275P190K135, N300P210K150 kg/ga) va organik o‘g‘it (1500 kg/ga go‘ng) qo‘llashning tuproq g‘ovaklik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan. Laboratoriya tahlillari va statistik korrelyatsiya natijalari shuni ko‘rsatdiki, g‘o‘zaning o‘suv davri oxiriga kelib barcha variantlarda tuproq g‘ovakligi ma’lum darajada kamayadi. Ko‘chat qalinligining ortishi bilan ildiz tizimining ko‘payishi hisobiga tuproq g‘ovakligi ko‘rsatkichlari yaxshilanishi va ular o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan. Aksincha, mineral o‘g‘itlar me’yorining oshirilishi oqibatida tuproq g‘ovakligining pasayishiga ta’sir etishi isbotlangan. Mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda 1500 kg/ga organik o‘g‘it qo‘llash tuproq zichlashishining oldini olib, g‘ovaklikni 0,11–0,5% ga yaxshilashi hamda mineral o‘g‘itlarning salbiy oqibatlarini yumshatishi aniqlangan.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 23 Sep 2026 22:43 |
| Last Modified: | 23 Sep 2026 22:43 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/7092 |
