Ko‘chkeldiyeva, Shahnoza and Jumayev, Shuxrat (2026) SURXONDARYO VILOYATINING O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARI SHAROITIDA KINOA (Chenopodium quinoa Willd.) URUG‘LARINING DALA UNUVCHANLIGIGA EKISH MUDDATLARI HAMDA ME’YORLARINING TA’SIRI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 4 (2026): AGROINNOVATSIYA; 54-59.
642.pdf - Published Version
Download (263kB)
Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kinoaning (Chenopodium quinoa Willd.) ICBA-Q5 navida urug‘larning dala unuvchanligi va hosilni yig‘ishtirishdan oldingi tup qalinligiga ekish muddatlari hamda ekish me’yorlarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar 2024–2026 yillarda olib borilib, uchta ekish muddati - 15–17 mart, 1–3 aprel va 15–17 aprel hamda uchta ekish me’yori - 166, 238 va 333 ming dona/ga variantlarida amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekish muddatlari urug‘larning dala unuvchanligiga ekish me’yorlariga nisbatan kuchliroq ta’sir ko‘rsatgan. Eng yuqori dala unuvchanligi 1–3 aprel muddatida 238 ming dona/ga ekish me’yorida 80,4% ni tashkil etgan. Mazkur muddatda 333 ming dona/ga me’yorida hosilni yig‘ishtirishdan oldingi tup qalinligi 222,6 ming tup/ga bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Shuningdek, 238 ming dona/ga me’yorida o‘simliklarning hosilgacha saqlanish darajasi 85,9% ni tashkil qilgan. Olingan natijalar asosida Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kinoaning ICBA-Q5 navini yetishtirishda 1–3 aprel ekish muddati maqbul muddat sifatida baholangan.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 23 Sep 2026 22:43 |
| Last Modified: | 23 Sep 2026 22:43 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/7113 |
