J.G., Temirov and N.X., Jo‘rayeva and D.B.Abdullayeva (2026) SKUMPIYA (Cotinus coggygria Scop.) O‘SIMLIGINI IN VITRO SHAROITIDA MIKROKLONAL KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 6-12.
656.pdf - Published Version
Download (440kB)
Abstract
Respublikamizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt va buta o‘simliklarini qisqa muddatda ko‘paytirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda Cotinus coggygria Scop. turini in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish maqsadida sterilizatsiya rejimlari hamda oziqa muhitlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida NaOCl ning 0,3; 0,5 va 0,7 % konsentratsiyalari 10, 15 va 20 daqiqalik ekspozitsiya bilan sinovdan o‘tkazildi. Eksplantlarning rivojlanishi Murashige and Skoog (MS), Driver va Kuniyuki (DKW) hamda Woody Plant Medium (WPM) oziqa muhitlarida baholandi.Natijalarga ko‘ra, 0,5 % NaOCl eritmasida 10 daqiqa sterilizatsiya qilish 88 % steril va yashovchan eksplant olish imkonini berdi. Oziqa muhitlari orasida MS + 1,0 mg/l BAP varianti novda hosil bo‘lishi, poya uzunligi hamda mikroko‘paytirish koeffitsienti bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etdi. Tadqiqot natijalari C. coggygria ni ommaviy mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda manzarali ko‘chatlar ishlab chiqarishga joriy etish imkonini beradi
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from AGROINNOVATSIYA |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 23 Sep 2026 22:43 |
| Last Modified: | 23 Sep 2026 22:43 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/7120 |
