SURUNKALI XOLESISTIT RIVOJLANISHIDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I MIKROBIOTASINING O‘RNI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 1 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 183-188.

Usmanov, Ulug’bek and Allaberganova, Zumrad (2026) SURUNKALI XOLESISTIT RIVOJLANISHIDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I MIKROBIOTASINING O‘RNI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 1 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 183-188.

[thumbnail of 500.pdf] PDF
500.pdf - Published Version

Download (659kB)

Abstract

Maqolada ogʻiz boʻshligʻi mikrobiotasining (xususan, parodont patogenlari va boshqa anaeroblar) oʻt pufagi hamda oʻt yoʻllari yalligʻlanishi — xolesistit rivojlanishidagi ehtimoliy roli va bogʻliqligi tahlil qilindi. Natijalar ogʻiz mikroblarining gematogen, limfogen va enterogepatik yoʻllar orqali biliar tizimga yetib borishi, safro kislotalari va mikroblar oʻzaro taʼsiri, lipopolisaxaridlar orqali Toll-like receptors (TLR), NOD-simon retseptorlar oilasi, pirin domenini tutuvchi 3 (NLRP3) inflammasoma faollashuvi hamda ichak–jigar–o‘t yo‘llari (biliar) tizimi (GLB) orqali sistemik yalligʻlanish fonida xolesistit xavfini oshirishini koʻrsatadi. Klinik va molekulyar izlanishlar baʼzi ogʻiz bakteriyalari (masalan, Porphyromonas gingivalis, Fusobacterium nucleatum) DNKsining oʻt pufagi suyuqligi va toshlaridan topilganini bildiradi, biliar infeksiyalarda esa aralash aerob–anaerob floraning roli qayd etilgan. Xulosalar parodontal salomatlikni yaxshilash, mikrobiota modulyatsiyasi (gigiyena, probiotiklar, antibiotiklar oqilona qoʻllanilishi) va xolesistit profilaktikasi oʻrtasidagi uzviy bogʻlanishga eʼtibor qaratadi. Kelgusida koʻlamli prospektiv guruhlar, metagenomika va metabolomika asosidagi ishlar muammoga yanada oydinlik kiritadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 23 Sep 2026 22:43
Last Modified: 23 Sep 2026 22:43
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/7351

Actions (login required)

View Item
View Item