BOLALAR VA O‘SMIRLARDA METABOLIK SINDROMINING ZAMONAVIY JIHATLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 1 No. 1 (2025): “Jamoat salomatligi va umumiy gigiena” kafedrasi mudiri, professor Ibadulla Kochkarovich Abdullaevning 70 yilligiga bag‘ishlangan “Sog‘liqni saqlash tizimida menejmentning zamonaviy muammolari va ist.

Babadjanova, Faniya and Muyassar, Sultanova (2026) BOLALAR VA O‘SMIRLARDA METABOLIK SINDROMINING ZAMONAVIY JIHATLARI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 1 No. 1 (2025): “Jamoat salomatligi va umumiy gigiena” kafedrasi mudiri, professor Ibadulla Kochkarovich Abdullaevning 70 yilligiga bag‘ishlangan “Sog‘liqni saqlash tizimida menejmentning zamonaviy muammolari va ist.

[thumbnail of 610.pdf] PDF
610.pdf - Published Version

Download (433kB)

Abstract

Bugungi kunda bolalar va o‘smirlar orasida metabolik sindrom (MS) tarqalishining ortib borishi global miqyosdagi dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida qaralmoqda. Ilgari faqat kattalar orasida uchraydigan ushbu patologik holat hozirgi kunda yosh avlod salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bolalik davrida noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik yetishmasligi, stress va ekologik omillar metabolik buzilishlarning erta rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar semirish, arterial gipertenziya, dislipidemiya va insulin rezistentligi holatlarining ko‘payganini tasdiqlaydi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, metabolik sindrom rivojlanishida genetik moyillik bilan bir qatorda, ovqatlanish xususiyatlari, gipodinamiya va perinatal davrdagi oziqlanish buzilishlari muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, homila davrida yoki erta bolalikda oziqa moddalarning yetishmovchiligi mitoxondrial faoliyatning pasayishiga, keyinchalik esa insulin sekresiyasi va yog‘ almashinuvi buzilishlariga olib keladi. Shuningdek, adenovirusli infeksiya, abdominal semirish va gormonal disbalanslar MS patogenezining muhim bo‘g‘inlari sifatida qaraladi. Zamonaviy pediatriyada MS diagnostikasi uchun yagona mezonlar tizimi hali to‘liq shakllanmagan bo‘lsa-da, IDF (2005, 2007) tavsiyalariga ko‘ra abdominal semirish asosiy diagnostik belgi sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan birga, insulin rezistentligi, dislipidemiya va arterial gipertenziya kabi laborator va klinik ko‘rsatkichlarning majmuaviy bahosi eng ishonchli yondashuv hisoblanadi.
Metabolik sindromning erta aniqlanishi, xavf omillarini bartaraf etish va bolalikdan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kelajakda yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tur diabet va boshqa xronik patologiyalarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, ushbu sindromning patogenezini chuqur o‘rganish, erta diagnostika mezonlarini takomillashtirish hamda samarali profilaktik strategiyalarni ishlab chiqish zamonaviy pediatriyaning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 23 Sep 2026 22:43
Last Modified: 23 Sep 2026 22:43
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/7406

Actions (login required)

View Item
View Item