Xudaybergabova, Munira (2025) "Muqaddimatu-l-adab" asarining turkiy leksikografiya tarixidagi oʻrni. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH; Vol. 2 No. 3 (2025): PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH; 73-77.
6116.pdf - Published Version
Download (731kB)
Abstract
Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimatu-l-adab” asari (12-asr) turkiy tillar, madaniyat va astronomiya tarixida alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu asar, asosan, arab tilini o‘rgatish maqsadida yozilgan bo‘lsa-da, uning tarkibida turkiy tillarga oid qimmatli leksik materiallar, madaniy tafakkur namunalari va astronomik tushunchalar mujassamlangan. Shu sababli, asar nafaqat tilshunoslik nuqtai nazaridan, balki turkiy xalqlarning ilmiy va madaniy merosini o‘rganishda ham muhim manba sifatida qaraladi. Ushbu maqolada “Muqaddimatu-l-adab” lug‘atining lingvistik, madaniy va astronomik jihatlari batafsil tahlil qilinadi. Tilshunoslik nuqtayi nazaridan asarda arabcha so‘zlarning turkiy tarjimalari, ularning kontekstdagi qo‘llanilishi va semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Madaniy jihatdan esa unda aks etgan xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlar va diniy tasavvurlar tahlil qilinadi. Astronomik nuqtayi nazardan esa vaqt tushunchasi, fasllar, osmon jismlari, yulduzlar va ularning turkiy xalqlar hayotidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Problems and Solutions of Scientific and Innovative Research |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 24 Sep 2026 22:41 |
| Last Modified: | 24 Sep 2026 22:41 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/8648 |
