O‘.Baytanov and R.Akbaraliyeva (2024) SOLIQ VA BOJXONA TO‘LOVLARINING IQTISODIY MOHIYATI. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD; Vol. 1 No. 9 (2024): CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD; 183-186.
3683.pdf - Published Version
Download (402kB)
Abstract
Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug‘ullanish iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, ma’orif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni tabiiy zarurligi soliqlarni ob’ektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholangki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Conference on the Role and Importance of Science in the Modern World |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 24 Sep 2026 22:41 |
| Last Modified: | 24 Sep 2026 22:41 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/8815 |
