Musiqa ta’limida bolalar folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish pedagogik muammo sifatida

ORIGINAL SOURCE
Originally published in TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; Vol. 1 No. 4 (2023): TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; 156-162.

Umurova, Ma'rifat (2023) Musiqa ta’limida bolalar folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish pedagogik muammo sifatida. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; Vol. 1 No. 4 (2023): TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN; 156-162.

[thumbnail of 4925.pdf] PDF
4925.pdf - Published Version

Download (545kB)

Abstract

Ijtimoiy–siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, demokratik tamoyillarga asoslanuvchi mazkur taraqqiyot yo‘li insonparvar, demokratik va huquqiy jamiyatni barpo etish yo‘li sifatida e’tirof etilgan. Fuqarolik jamiyatning bunyod etilishi, eng avvalo, ushbu jamiyatda yashayotgan fuqarolarning ma’naviy–ahloqiy jihatdan yetuk, yuksak darajadagi aqliy salohiyatga ega ekanliklariga bog‘liq bo‘ladi. Zero, fuqarolik jamiyatida amal qiluvchi ijtimoiy  me’yorlar aynan mazkur jamiyatda istiqomat qiluvchi  shaxslar tomonidan yaratiladi, asoslanadi hamda amal qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2019 yil 4 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmonlari, 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-3990-son qarori, 2017 yil 24 maydagi PQ-2995-sonli “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi “2010-2020 yillarda Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VMQ №222-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son qarori hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Technical Science Research in Uzbekistan
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 21 Sep 2026 22:57
Last Modified: 21 Sep 2026 22:57
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/919

Actions (login required)

View Item
View Item