Tangrikulov, Jamshid (2024) QAYTA QURISH YILLARIDA O‘ZBЕKISTON SANOATI: YO‘L QO‘YILGAN XATO VA KAMCHILIKLAR (MATBUOT MATЕRIALLARI ASOSIDA). International conference on multidisciplinary science; Vol. 2 No. 3 (2024): International conference on multidisciplinary science; 121-127.
2697.pdf - Published Version
Download (2MB)
Abstract
Sovet davrida O‘zbekistonda bir qator yengil, oziq-ovqat va og‘ir sanoat tarmoqlari ishga tushirildi. Bu boradagi ishlar, ayniqsa urushdan keyingi yillarda jadal sur’atlarda kengaytirib borildi. Jumladan, XX asrning 80-yillari o‘rtalariga kelib O‘zbekistonda bir yarim mingdan ortiq yirik ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, kombinat va korxonalar bor edi. Respublika sanoati SSSR sanoatining tarkibiy qismi sifatida shakllantirilib ular asosan markaz manfaatlari uchun safarbar etilar hamda shu maqsadlarda tarmoqlar rivojlantirib borilar edi. O‘zbekistonning ishlab chiqarish usuli va uslubi mintaqaviy xususiyatga ega bo‘lish bilan bir qatorda xalq xo‘jaligi tarkibini markaziy boshqaruvga to‘la bo‘ysundirilganligi bilan ham xarakterlanar edi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from International conference on multidisciplinary science (MJST) |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 24 Sep 2026 22:42 |
| Last Modified: | 24 Sep 2026 22:42 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/9380 |
