Abdullayeva, Guliston (2024) JADIDCHILIK DAVRIDA XORAZM ADABIY MUHITI. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE; Vol. 1 No. 1 (2024): INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE; 363-367.
587.pdf - Published Version
Download (241kB)
Abstract
Maʼlumki, XIX asr oxiri XX asr boshlari Oʻrta Osiyo xalklari tarixiga “milliy uygʻonish davri” boʻlib kirgan. Bu davrda amal qilgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-adabiy harakat muammolarini oʻrganish hozirgi kunda ham davom etmoqda. Zero, jamiyat taraqqiyoti, insonning oʻzligi, Vatan mustaqilligi gʻoyalari bu harakatning ijtimoiy ideali boʻlib, eskirmaydigan boqiy qadriyatdir. Bu murakkab, koʻp qirrali jarayonning taʼlim, badiiy ijod, sanʼat, matbuot va boshqa sohalardagi yangicha koʻrinishlari, milliy va umumbashariy mazmundagi insonparvarlik qarashlari bugungi tadqiqotlarda tobora yorqinroq ochilmoqda. Bu jarayon – “jadidchilik harakati” sifatida keng yoyilib, uning faoliyat doirasi, voqe boʻlish xususiyatlari, oʻziga xosligi alohida diqqatga loyiqdir. Taniqli adabiyotshunos professor Begali Qosimovning “jadidchilik yakrang emas, u Turkiston, Buxoro, Xivada turli miqyos va koʻlamda namoyon boʻlganligi” haqidagi fikrlarida ana shu turfalik nazarda tutilgan. Bu hol jadidchilikning asosiy yoʻnalishlaridan biri adabiyotga ham daxldor.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from International Conference on Interdisciplinary Science |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 21 Sep 2026 22:58 |
| Last Modified: | 21 Sep 2026 22:58 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/1532 |
