Matmuratov, Q.J and Ro’zmetov, N.A (2026) QANDLI DIABET FONIDA RIVOJLANGAN O'PKANING NEKROTIZIRLOVCHI PNEVMONIYASIDA IMMUNOLOGIK VA YUQUMLI OMILLAR: JARROHLIK NATIJALARINI PROGNOZLASH. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 376-383.
1453.pdf - Published Version
Download (537kB)
Abstract
Ushbu maqolada qandli diabeti (QD) mavjud bemorlarda o'pkaning nekrotizirlovchi pnevmoniyasi (ONP) kechishidagi immunologik va yuqumli omillar hamda ularning jarrohlik natijalarini prognozlashdagi ahamiyati o'rganilgan. Tadqiqot 2017–2026 yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko'p tarmoqli klinikasida 503 nafar bemorda (taqqoslash guruhi — 258, asosiy guruh — 245) amalga oshirildi. QD bemorlarda immunosupressiya (CD4+ limfotsitlar kamayishi, neytrofillar faolligining susayishi), surunkali giperglikemiya va mikrosirkulyatsiya buzilishi ONP ning tezkor progressiyasiga, ko'p o'choqli destruksiyaga va bronxoplevral yo'riq (BPY) riski oshishiga zamin yaratadi. Asosiy guruhda differensiatsiyalangan immunologik monitoring va takomillashtirilgan jarrohlik taktikasi natijasida o'lim darajasi 9,7% dan 5,3% ga, umumiy asoratlar 34,9% dan 21,6% ga kamaydi (p<0,05). HbA1c > 9% va IL-6 > 80 pg/ml prognozning mustaqil xavf omillari sifatida aniqlandi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 28 Sep 2026 22:16 |
| Last Modified: | 28 Sep 2026 22:16 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/16731 |
