XORAZM VILOYATIDA ENTEROBIOZNING TARQALISHI, DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI: KOMPLEKS TAHLIL

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 412-418.

Matyakubova, Oysha and Masharipova, Shoxista and Masharipov, Sobir (2026) XORAZM VILOYATIDA ENTEROBIOZNING TARQALISHI, DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI: KOMPLEKS TAHLIL. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 412-418.

[thumbnail of 1457.pdf] PDF
1457.pdf - Published Version

Download (634kB)

Abstract

Bolalar populyatsiyasida keng tarqalgan parazitar infeksiyalar orasida enterobioz muhim epidemiologik muammo bo‘lib qolmoqda. U Enterobius vermicularis tomonidan keltirib chiqariladi va asosan kontakt-maishiy yo‘l orqali yuqadi. So‘nggi yillarda aholi zichligining ortishi, bolalar jamoalarida kontaktning kuchayishi hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilmasligi natijasida enterobiozning tarqalish ko‘rsatkichlari yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Kasallik ko‘p hollarda yengil klinik kechishga ega bo‘lsa-da, uzoq davom etgan hollarda bolalarda uyqu buzilishi, asabiylik, ishtaha pasayishi, allergik reaksiyalar va funksional oshqozon-ichak o‘zgarishlariga olib kelishi bilan aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maqolada Xorazm viloyatida enterobiozning tarqalish darajasi, uning yosh guruhlari bo‘yicha xususiyatlari, diagnostika usullarining samaradorligi hamda profilaktik chora-tadbirlarni kompleks baholash ko‘rsatilgan. Tadqiqot 2024–2025 yillarda turli yosh guruhlariga mansub bemorlardan olingan klinik materiallarni tahlil qilish asosida o‘tkazildi va perianal qirindisi (Grem usuli) orqali laborator diagnostika amalga oshirildi. Olingan natijalar enterobiozning umumiy tarqalish darajasi yuqori ekanligini va ayniqsa maktabgacha hamda maktab yoshidagi bolalar orasida ustunlik qilishini ko‘rsatdi. Shuningdek, qayta yuqish (reinvaziya) holatlarining mavjudligi sanitar-gigiyenik qoidalarga yetarli darajada rioya etilmayotganligini va profilaktika ishlari yetarli darajada tashkil etilmaganligini tasdiqlaydi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 28 Sep 2026 22:16
Last Modified: 28 Sep 2026 22:16
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/16735

Actions (login required)

View Item
View Item