BRONXIAL ASTMA RIVOJLANISHI VA KECHISHIDA VIRUSLAR, BAKTERIAL INFEKSIYALARNING ROLI VA KASALLIKNING KUCHAYISH MEXANIZMLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 569-574.

Satlikov, Rashid and Yusupova, Sevara (2026) BRONXIAL ASTMA RIVOJLANISHI VA KECHISHIDA VIRUSLAR, BAKTERIAL INFEKSIYALARNING ROLI VA KASALLIKNING KUCHAYISH MEXANIZMLARI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 569-574.

[thumbnail of 1481.pdf] PDF
1481.pdf - Published Version

Download (477kB)

Abstract

Bronxial astma, mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining ko'chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial o'tkazuvchanlikning buzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqt-bevakt nafas qisishi va bo'g'ilish xuruji bilan o'tadigan allergik kasallik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 300 milliondan ortiq inson ushbu kasallik bilan yashaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Global Asthma Network ma’lumotlariga ko‘ra, kattalar orasida astma bilan og‘riganlarning 60–65 foizi ayollardir. Ayollarda gormonal o‘zgarishlar, immun faollik va atrof-muhit omillari astma rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bronxial astma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi juda yuqori hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, bronxial astma bilan ro‘yxatda turgan bemorlarning taxminan 60 foizi ayollar, 40 foizi erkaklarni tashkil etadi. Viloyatlar kesimida, jumladan Xorazm viloyatida ham o‘xshash holat kuzatilgan: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarning qariyb 62 foizi ayollar, 38 foizi erkaklardir. Ushbu bemorlarning 25–30 foizida kasallik og‘ir shaklda kechgan. Ayollarda gormonal o‘zgarishlar, immun faollik va atrof-muhit omillari og‘ir astma rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Erkaklarda esa chekish, ishlab chiqarish changlari va kimyoviy moddalarga ta’sirlanish tufayli mehnat sharoitlari va zararli odatlar bilan bog‘liq risklar kuchliroqdir.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 28 Sep 2026 22:16
Last Modified: 28 Sep 2026 22:16
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/16759

Actions (login required)

View Item
View Item