O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MENINGOKOK INFEKSIYASI BILAN KASALLANISHNING EPIDEMIOLOGIK TAHLILI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 597-501.

Tadjiyeva, Nigora and Saidkasimova, Nargiza (2026) O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MENINGOKOK INFEKSIYASI BILAN KASALLANISHNING EPIDEMIOLOGIK TAHLILI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3/1 (2026): JANUBIY OROL BOʼYI TIBBIYOT JURNALI; 597-501.

[thumbnail of 1485.pdf] PDF
1485.pdf - Published Version

Download (681kB)

Abstract

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida meningokokk infeksiyasi bilan kasallanishning retrospektiv epidemiologik tahlili o‘tkazildi. Tadqiqot maqsadi kasallanishning ko‘p yillik dinamikasini hamda hududlar bo‘yicha tarqalish xususiyatlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tahlil jarayonida respublika bo‘yicha qayd etilgan meningokokk infeksiyasi holatlari bo‘yicha statistik materiallar o‘rganilib, kasallanish ko‘rsatkichlarining vaqt davomidagi o‘zgarishi baholandi. Hududiy tahlil natijalariga ko‘ra, ayrim shahar va tumanlarda kasallanish darajasining nisbatan yuqoriligi kuzatildi, bu esa epidemiologik jarayonning hududiy notekis tarqalishini ko‘rsatadi.Olingan natijalar meningokokk infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik vaziyatning dinamik xususiyatga ega ekanini va ayrim hududlarda kasallanishning yuqori saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Ushbu holat kasallikni barvaqt aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini anglatadi.Tadqiqot natijalari meningokokk infeksiyasining epidemiologik nazoratini takomillashtirish va maqsadli profilaktika strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 28 Sep 2026 22:16
Last Modified: 28 Sep 2026 22:16
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/16763

Actions (login required)

View Item
View Item