NAVOIY-FONIYNING FORSIY SHE’RIYATDA TUTGAN O‘RNI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in International conference on multidisciplinary science; Vol. 3 No. 9 (2025): International conference on multidisciplinary science; 18-20.

Xudoyorova, Nigora (2025) NAVOIY-FONIYNING FORSIY SHE’RIYATDA TUTGAN O‘RNI. International conference on multidisciplinary science; Vol. 3 No. 9 (2025): International conference on multidisciplinary science; 18-20.

[thumbnail of 10912.pdf] PDF
10912.pdf - Published Version

Download (241kB)

Abstract

Alisher Navoiy Sharq adabiyoti tarixida o‘zining ulkan badiiy merosi, keng ilmiy qarashlari va falsafiy tafakkuri bilan yuksak o‘rin egallagan ulug‘ siymolardan biridir. Uning ijodi nafaqat turkiy tilda, balki forsiy tilda ham keng qamrovli bo‘lib, bu ikki til va ikki madaniyatning uyg‘unlashuvi jarayonida yuksak namunaga aylandi. Navoiy forsiy she’riyatida “Foniy” taxallusi bilan tanilgan va bu nom ostida yozgan asarlari Sharq adabiyotining ajralmas qismi sifatida tarixga kirdi. Annotatsiyada Navoiy–Foniy ijodining forsiy adabiyotdagi tutgan o‘rni, uning she’rlarida ifodalangan falsafiy g‘oyalar, tasavvufiy qarashlar, insonparvarlik tamoyillari hamda ikki til – turkiy va forsiy til o‘rtasidagi badiiy-ijodiy bog‘liqlik tahlil qilinadi. Navoiy forsiy she’rlarida an’anaviy poetik shakllardan foydalangan bo‘lsa-da, ularga o‘ziga xos mazmuniy yangilik kiritgan, ma’naviy-ruhiy tazyiqlarni chuqur aks ettirgan. Bu jihatdan, uning forsiyda yaratilgan asarlari nafaqat turkiy adabiyot bilan uyg‘unlashuv mahsuli, balki mustaqil ijodiy qirralarni ham ko‘rsatadi. Mazkur tezisda Navoiyning “Foniy” sifatidagi adabiy faoliyati Sharq she’riyatidagi ikki tillilik an’anasi bilan bog‘liq holda keng ilmiy izohlanadi. Shuningdek, uning forsiy adabiyotdagi o‘rni turli manbalarda qayd etilgan ilmiy tadqiqotlar asosida mustahkamlanadi va bu masalaning o‘zbek adabiy merosi uchun ahamiyati yoritiladi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from International conference on multidisciplinary science (MJST)
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 29 Sep 2026 22:06
Last Modified: 29 Sep 2026 22:06
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/18046

Actions (login required)

View Item
View Item