NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA QON ZARDOBIDAGI SERAMIDLAR DARAJASINING KLINIK-DEMOGRAFIK XUSUSIYATLAR BILAN BOG'LIQLIGI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 4 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 286-292.

Nasirdinov, Murodjon and Salohiddinov, Zuhriddin (2026) NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA QON ZARDOBIDAGI SERAMIDLAR DARAJASINING KLINIK-DEMOGRAFIK XUSUSIYATLAR BILAN BOG'LIQLIGI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 4 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 286-292.

[thumbnail of 1645.pdf] PDF
1645.pdf - Published Version

Download (368kB)

Abstract

Noalkogol jigar yog'li kasalligi (NJYK) zamonaviy gepatologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda, uning patogenezida sfingolipidlar sinfiga mansub bioaktiv lipid - seramidning o'rni so'nggi yillarda faol o'rganilmoqda. Ushbu maqolada NJYK bilan og'rigan bemorlarda qon zardobidagi seramid darajasining klinik-demografik ko'rsatkichlar (jins, yosh, tana vazni indeksi) bilan bog'liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotga jami 84 nafar shaxs - nazorat guruhi (n=29), jigar steatozi guruhi (n=28) va noalkogol steatogepatit guruhi (n=27) - jalb etildi. Seramid konsentratsiyasi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi-mass-spektrometriya (HPLC-MS) usuli bilan aniqlandi. Natijalarga ko'ra, seramid darajasi NJYK guruhlarida nazorat guruhiga nisbatan statistik ahamiyatli yuqori bo'ldi (Kruskal-Wallis H=42,620; p<0,001), bunda jinsga bog'liq tendensiya (ayollarda nisbatan yuqoriroq, biroq statistik ahamiyatsiz) hamda yosh guruhlari kesimida farqlar (eng yuqori ko'rsatkich 45-59 yosh guruhida, H=6,329; p=0,042) qayd etildi. Tana vazni indeksi yuqori bemorlarda seramid darajasi ham yuqoriroq tendensiyaga ega bo'ldi, biroq bu bog'liqlik statistik ahamiyat darajasiga yetmadi. Olingan ma'lumotlar seramidning NJYK klinik-demografik xususiyatlari bilan kompleks bog'liqligini va uni kasallikning erta bosqichlarida baholashda istiqbolli laborator ko'rsatkich sifatida o'rganish zarurligini asoslaydi

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 29 Sep 2026 22:07
Last Modified: 29 Sep 2026 22:07
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/18203

Actions (login required)

View Item
View Item