Nasirdinov, Murodjon and Salohiddinov, Zuhriddin (2026) SERAMIDLARNING NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGINI ERTA TASHXISLASH VA PROGNOZLASHDAGI DIAGNOSTIK-PROGNOSTIK AHAMIYATI: ROC- VA REGRESSION-TAHLIL NATIJALARI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 4 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 293-300.
1647.pdf - Published Version
Download (402kB)
Abstract
Noalkogol jigar yog'li kasalligini (NJYK) erta va kam invaziv usullar bilan tashxislash zamonaviy gepatologiyaning hal etilmagan muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Ushbu maqolada qon zardobidagi seramid ko'rsatkichining NJYKni tashxislash va prognozlashdagi diagnostik-prognostik ahamiyati ROC-tahlil hamda binar logistik va ordinal regressiya modellari asosida baholangan. Tadqiqotga 84 nafar shaxs (nazorat guruhi - 29, steatoz guruhi - 28, steatogepatit guruhi - 27 nafar) jalb etilib, seramid darajasi HPLC-MS usuli bilan aniqlangan. ROC-tahlil natijalariga ko'ra, seramid NJYKni aniqlashda yuqori diagnostik aniqlikka ega bo'ldi (AUC=0,932; cut-off ≥11,71 u.b.; sezuvchanlik 81,8%, spetsifiklik 93,1%). Binar logistik regressiyada seramid yakka modelda mustaqil ahamiyatli prediktor bo'lgan (OR=1,232; 95% CI: 1,092-1,391; p=0,0007), yosh, jins va tana vazni indeksi (TVI) qo'shilgandan so'ng modelning to'g'ri tasniflash darajasi 96,4% gacha oshgan. Ordinal regressiya tahlilida seramid steatoz (OR=1,166; p=0,0026) va fibroz (OR=1,042; p=0,0030) darajalari bilan mustaqil bog'liq prediktor sifatida saqlanib qolgan. Olingan natijalar asosida seramid, TVI va lipid spektri ko'rsatkichlarini birlashtirgan amaliy diagnostik-prognostik model taklif etildi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 29 Sep 2026 22:07 |
| Last Modified: | 29 Sep 2026 22:07 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/18204 |
