OIV INFEKSIYALI SHAXSLARDA YONDOSH PATOLOGIYALAR CHASTOTASI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 4 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 355-362.

Tilavberdiyev, SH.A. and Umirov, S.E and Yusupov, SH.R (2026) OIV INFEKSIYALI SHAXSLARDA YONDOSH PATOLOGIYALAR CHASTOTASI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 4 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 355-362.

[thumbnail of 1676.pdf] PDF
1676.pdf - Published Version

Download (426kB)

Abstract

Dolzarbligi. Antiretrovirus terapiyaning rivojlanishi OIV bilan yashayotgan shaxslar umrini uzaytirdi, biroq ularning qarishi fonida yondosh patologiyalar va davolashga xayrixohlik (komplayens) masalasi yangi klinik muammolarni yuzaga keltirmoqda. Maqsad. Respublika OITSga qarshi kurashish markazida dispanser nazoratida turgan OIV infeksiyali shaxslar o‘rtasida yondosh kasalliklarning uchrash chastotasini aniqlash va ularning retrovirusga qarshi terapiyaga (RQT) bo‘lgan xayrixohlik darajasini baholash. Material va usullar. Tadqiqotga 2025–2026 yillarda OIV infeksiyasining 3-4 klinik bosqichida bo‘lgan va kamida 6 oydan beri RQT qabul qilayotgan 127 nafar erkak jinsiga mansub bemorlar jalb etildi. Klinik, anketa-so‘rovnoma va statistik (SPSS 26.0) usullardan foydalanildi. Natijalar. Bemorlarning 91,3 foizi 40 yoshdan oshgan shaxslardir. Tarqalgan limfodenopatiya 100% holatda, Gerpes Zoster — 26,0%, sitomegalovirusli infeksiya — 24,4%, kandidozlar — 16,5%, invaziv aspergellez — 14,2%, tuberkulyoz va gepatit V — 8,7% dan holatda aniqlandi. Bemorlarning atigi 26,0 foizida RQTga nisbatan yuqori xayrixohlik (>95%) kuzatildi, 70,9 foizida esa o‘rtacha xayrixohlik (80-95%) qayd etildi. Xulosa. 3-4 klinik bosqichdagi OIV infeksiyali erkaklarda populyatsiyaning qarishi va og‘ir virusli hamda zamburug‘li yondosh patologiyalarning yuqori chastotasi kuzatilmoqda. RQTga xayrixohlikning asosan o‘rtacha darajada ekanligi (70,9%) komorbidlik sharoitida tibbiy nazoratni kuchaytirishni taqozo etadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 29 Sep 2026 22:07
Last Modified: 29 Sep 2026 22:07
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/18219

Actions (login required)

View Item
View Item