G‘O‘ZA SELEKSIYASIDA UZOQ SHAKLLARNI DURAGAYLASH

ORIGINAL SOURCE
Originally published in Journal of Universal Science Research; Vol. 1 No. 9 (2023): JOURNAL OF UNIVERSAL SCIENCE RESEARCH; 76-82.

J.B.Quziboyev (2023) G‘O‘ZA SELEKSIYASIDA UZOQ SHAKLLARNI DURAGAYLASH. Journal of Universal Science Research; Vol. 1 No. 9 (2023): JOURNAL OF UNIVERSAL SCIENCE RESEARCH; 76-82.

[thumbnail of 3614.pdf] PDF
3614.pdf - Published Version

Download (904kB)

Abstract

Paxta tolasini ishlab chiqarishni ko‘paytirish va sifatini yanada yaxshilash paxtachilikda  asosiy  muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etishda  seleksioner olimlar faoliyatining roli kattadir.
Hozirgi kunda respublikamizda g‘o‘za seleksiyasi  bilan 20 ga yaqin ilmiy tadqiqot muassasalari shug‘ullanmoqdalar.
Seleksioner olimlarimiz tomonidan ko‘p yillik mashaqqatli mehnatlari  natijasida  ko‘plab  yuqori  hosilli,  tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlari  yo‘qori, kasalliklarga chidamli, ertapishar navlar yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan va mamlakatimizning katta maydonlarida ekilmoqda.
Har xil turlar va turkumlarga mansub bo‘lgan o‘simliklarni duragaylash uzoq shakllarni duragaylash deb ataladi. Masalan, yumshoq bug‘doy bilan qattiq bug‘doyni, o‘rta tolali g‘o‘za bilan ingichka tolali g‘o‘zani, kungaboqar bilan topinamburni, oddiy so‘li bilan vizantiya so‘lisini, madaniy kartoshka bilan yovvoyi kartoshka turini chatishtirish turlararo duragaylashga, bug‘doy bilan javdarni, bug‘doy bilan bug‘doyiqni, olma bilan nokni, arpa bilan elemusni, kartoshka bilan pomidorni chatishtirish turkumlar aro duragaylashga kiradi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from Journal of Universal Science Research
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 30 Sep 2026 22:00
Last Modified: 30 Sep 2026 22:00
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/18301

Actions (login required)

View Item
View Item