OIV BILAN YASHOVCHI BEMORLARDA TERI OPORTUNISTIK INFEKSIYALARI VA ULARNING ERTA DIAGNOSTIKASI.

ORIGINAL SOURCE
Originally published in ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH; Vol. 2 No. 12 (2025): ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH; 476-484.

Bo’riyev, Muhammadali and Salomova, Fotima (2025) OIV BILAN YASHOVCHI BEMORLARDA TERI OPORTUNISTIK INFEKSIYALARI VA ULARNING ERTA DIAGNOSTIKASI. ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH; Vol. 2 No. 12 (2025): ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH; 476-484.

[thumbnail of 29470.pdf] PDF
29470.pdf - Published Version

Download (195kB)

Abstract

Teri oportunistik infeksiyalari Odam Immunitet Tanqisligi Virusi bilan yashovchi bemorlarda kasallikning erta belgilaridan biri bo‘lib, immun tizimning chuqur zararlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqotning maqsadi Odam Immunitet Tanqisligi Virusi bilan yashovchi bemorlar orasida uchraydigan teri oportunistik infeksiyalarining klinik ko‘rinishlarini, ularning patogenetik asoslarini hamda zamonaviy erta diagnostika yondashuvlarini ilmiy jihatdan baholashdan iborat. Tadqiqot davomida xalqaro dermatologiya, infeksion kasalliklar va immunologiya adabiyotlarida bayon etilgan ilmiy ma’lumotlar tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Kandidoz, Kriptokokkoz, Molluskum kontagiozum, Gerpes virusi infeksiyalari, Dermatofitozlar va Stafilokokk etiologiyali teri infektsiyalari eng ko‘p uchraydigan patologiyalar qatoriga kiradi. Ularning kechishi immun tanqislik darajasiga bog‘liq holda og‘irlashadi va murakkablashadi. Erta diagnostika klinik belgilarni chuqur tahlil qilish, mikologik va mikrobiologik tekshiruvlar hamda yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lgan molekulyar usullar orqali samarali aniqlanishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, teri oportunistik infeksiyalarining o‘z vaqtida aniqlanishi Odam Immunitet Tanqisligi Virusi bilan yashovchi bemorlarning klinik prognozini yaxshilash va hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.  

Item Type: Article
Additional Information: Imported from ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 30 Sep 2026 22:00
Last Modified: 30 Sep 2026 22:00
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/18413

Actions (login required)

View Item
View Item