Azizova, Feruza (2025) “JOME’UL XUTUT” MATNINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD; Vol. 2 No. 10 (2025): CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD; 3-6.
9043.pdf - Published Version
Download (203kB)
Abstract
Ushbu maqolada To‘raqo‘rg‘onlik xattot va olim Is’hoqxon To‘ra Ibratning “Jome’ul xutut” asari matnshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Asarning yaratilish sababi, tarkibiy tuzilishi, matnning lingvistik xususiyatlari — leksik, uslubiy va sintaktik qatlamlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida asarning kirish qismi (hamdu sano va sababi ta’lif), boblari, qo‘llangan terminlar tizimi hamda arabiy, forsiy va turkiy til unsurlarining o‘zaro uyg‘unligi aniqlanadi. Shuningdek, muallif tomonidan turli yozuvlar — Islomiy (kufiy, suls, riqo’, rayhoniy va boshqalar), shuningdek, yevropa va sharq yozuvlari (yunon, xitoy, hindiy, yapon va boshqalar) haqida berilgan ma’lumotlar zamonaviy matnshunoslik tamoyillari asosida izohlanadi. Asardagi jadval, taqriz va e’tizor qismlarining mavjudligi uning ilmiy manba sifatidagi ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Natijada “Jome’ul xutut” yozuv san’ati tarixi va grafika madaniyatini o‘rganishda muhim manba ekanligi isbotlandi
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Conference on the Role and Importance of Science in the Modern World |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 30 Sep 2026 22:01 |
| Last Modified: | 30 Sep 2026 22:01 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/19171 |
