Saidova, Nilufar (2025) “SHAYTANAT” VA “CHO‘QINTIRGAN OTA” ASARLARIDA ARGO VA JARGONLARNI TARJIMA QILISHNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI. International conference on multidisciplinary science; Vol. 3 No. 11 (2025): nternational conference on multidisciplinary science; 35-37.
12649.pdf - Published Version
Download (389kB)
Abstract
Ushbu maqolada Tohir Malikning “Shaytanat” romani va Mario Pyuzoning “Cho‘qintirgan ota” asaridagi argo hamda jargon birliklarining lingvopragmatik xususiyatlari hamda ularning tarjima jarayonidagi muammolari tahlil etiladi. Tadqiqot mafiyaviy submadaniyat, jinoyatchilik olami va iyerarxik tizimni ifodalovchi til birliklarining yashirin ma’nosi, ijtimoiy mavqeni ko‘rsatuvchi pragmatik vazifalari, tahdid, sodiqlik va agressiya kabi konnotativ qatlamlarini o‘rganadi. Tarjimada semantik kengaytirish, pragmatik muqobil, transliteratsiya+izoh va diskursiv qayta yaratish kabi yondashuvlarning samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Natijalar shuni anglatadiki, argo va jargonlarni adekvat tarjima qilish badiiy asarning submadaniy ruhini, qahramon nutqining realizmini va mafiyaviy muhitning psixologik atmosferasini to‘liq tiklash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from International conference on multidisciplinary science (MJST) |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 30 Sep 2026 22:01 |
| Last Modified: | 30 Sep 2026 22:01 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/19333 |
