Asilbek, Yoqub (2026) Oʻzbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning fuqarolik-huquqiy asoslari. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD; Vol. 3 No. 1 (2026): CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD; 107-110.
10383.pdf - Published Version
Download (265kB)
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning fuqarolik-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Isteʼmolchi tushunchasi, uning huquqiy maqomi hamda isteʼmolchilar bilan sotuvchi (ijrochi) oʻrtasida vujudga keladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning oʻziga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, Fuqarolik kodeksi va maxsus qonun normalari, hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil etilgan.
Ishda isteʼmolchilarning asosiy huquqlari, ularni taʼminlash mexanizmlari, huquqlar buzilganda qoʻllaniladigan fuqarolik-huquqiy himoya usullari hamda sotuvchi va xizmat koʻrsatuvchilarning fuqarolik-huquqiy javobgarligi masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari, sudgacha va sud orqali huquqlarni himoya qilish tartiblari, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash masalalari yoritib berilgan.
Mazkur tadqiqot natijalari isteʼmolchilar huquqlarini amaliy jihatdan samarali himoya qilish, shuningdek, fuqarolik huquqi normalarini toʻgʻri qoʻllashda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Conference on the Role and Importance of Science in the Modern World |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 08 Oct 2026 21:09 |
| Last Modified: | 08 Oct 2026 21:09 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/20656 |
