QUYROVUQNING “PERVENETS KARNABA” NAVI URUG‘CHILIK MAYDONLARINI BARPO QILISHNING AGROTEXNIK TADBIRLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 172-177.

Xamroyeva, Gulnoz (2026) QUYROVUQNING “PERVENETS KARNABA” NAVI URUG‘CHILIK MAYDONLARINI BARPO QILISHNING AGROTEXNIK TADBIRLARI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 172-177.

[thumbnail of 700.pdf] PDF
700.pdf - Published Version

Download (819kB)

Abstract

Ushbu maqolada quyrovuqning Salsola orientalis S.G.Gmel. “Pervenets Karnaba” navidan urug‘chilik maydonlarini barpo etishda qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlar yoritilgan. Tadqiqotlar Qarnabcho‘l sharoitida turli oziqlanish maydonlarida yetishtirilgan o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini kuzatish asosida olib borildi. Urug‘chilik maydonini tayyorlash, tuproqqa ishlov berish, ekish muddati, oziqlanish maydoni, qator oralig‘i, o‘simliklarni parvarishlash va urug‘larni yig‘ib olish kabi agrotexnik tadbirlarini amalga oshirishga  alohida e’tibor qaratildi. Quyrovuqning “Pervenets Karnaba” navi cho‘l sharoitiga moslashgan, yuqori ozuqaviy qiymatga ega va urug‘chilik maqsadida istiqbolli navlardan biri hisoblanadi. Tadqiqot natijalari ushbu navning urug‘chilik maydonlarini barpo etishda maqbul oziqlanish maydonini tanlash o‘simliklarning o‘sish-rivojlanishi va urug‘ hosildorligiga ta’sir etuvchi muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from AGROINNOVATSIYA
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 13 Oct 2026 21:09
Last Modified: 13 Oct 2026 21:09
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/21355

Actions (login required)

View Item
View Item