Rizaeva, Nilufar and Aripova, Nozima and Subxonov, Akbarjon (2026) ME’DA ICHAK KASALLIKLARNI DAVOLASH UCHUN MO‘LJALLANGAN SUSPENZIYA TAXLIL USULLARINI ISHLAB CHIQISH. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5 (2026): JANUBIY OROL BO'YI TIBBIYOT JURNALI; 442-449.
2052.pdf - Published Version
Download (456kB)
Abstract
Aholini yuqori sifatli dori vositalari bilan ta’minlash mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. Ma’lumki, vismut preparatlari ichakning yallig‘lanish kasalliklarini (kolit, enterit), shuningdek, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligini davolash uchun qo‘llaniladi. Vismut tuzlari oshqozon yarasini keltirib chiqaradigan Helicobacter Pylori bakteriyalariga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan deyarli yagona faol moddadir. O‘z navbatida, vismutning antibiotiklar bilan birga qo‘llanishi ushbu bakteriyalar sabab bo‘lgan yara kasalligidan tuzalish darajasini oshirishga imkon beradi.
Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda zamonaviy farmatsiyaning dolzarb vazifalaridan biri oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan yangi, yuqori samarali va toksik bo‘lmagan dori vositalarini ishlab chiqishdan iborat. Mamlakatimiz tadqiqotchilari tomonidan vismut (III) biometalli va metronidazol asosidagi yangi koordinatsion birikma olindi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 13 Oct 2026 21:09 |
| Last Modified: | 13 Oct 2026 21:09 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/21376 |
