YUQORI YOG‘LI RATSION VA SEFTRIAKSON QO‘LLANILGANDA LIPID SPEKTRI HAMDA UGLEVOD ALMASHINUVI KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI VA JIGARNING LIPID TRANSPORT FUNKSIYASI BUZILISHI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5/2 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 620-639.

Iriskulov, Baxtiyar and Musayev, Xamid and Jumaqulov, Ikromjon (2026) YUQORI YOG‘LI RATSION VA SEFTRIAKSON QO‘LLANILGANDA LIPID SPEKTRI HAMDA UGLEVOD ALMASHINUVI KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI VA JIGARNING LIPID TRANSPORT FUNKSIYASI BUZILISHI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 5/2 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 620-639.

[thumbnail of 2084.pdf] PDF
2084.pdf - Published Version

Download (489kB)

Abstract

Mazkur eksperimental tadqiqotda yuqori yog‘li ratsion va seftriaksonning lipid hamda uglevod almashinuviga alohida va birgalikdagi ta’siri 160 ta oq zotsiz erkak kalamushda o‘rganildi. Tajriba hayvonlari to‘rtta guruhga ajratilib, qon zardobining lipid spektri, glyukoza konsentratsiyasi hamda aterogenlik ko‘rsatkichlari baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, triglitseridlar miqdori yuqori yog‘li ratsion va seftriakson birgalikda qo‘llanilgan guruhda nazorat guruhiga nisbatan 7,25 barobar, faqat yuqori yog‘li ratsion ta’sirida esa 6,33 barobar oshdi. Faqat seftriakson qo‘llanilgan guruhda umumiy xolesterin miqdori 75,8% ga, past zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini esa 4,4 barobar oshgani aniqlandi. Birgalikdagi ta’sir sharoitida xolesterin ko‘rsatkichlarining oshishi nisbatan cheklangan bo‘lib, juda past zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini barcha tajriba guruhlarida kamayganligi kuzatildi. Tadqiqot natijalari yuqori yog‘li ratsion va seftriaksonning lipid almashinuviga turlicha ta’sir ko‘rsatishini hamda jigarning lipid transport funksiyasi buzilishi ehtimolini ko‘rsatadi. Aniqlangan metabolik o‘zgarishlar dislipidemiya rivojlanish mexanizmlarini o‘rganishda lipid spektri ko‘rsatkichlarini kompleks baholash zarurligini asoslaydi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 25 Oct 2026 21:19
Last Modified: 25 Oct 2026 21:19
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/21951

Actions (login required)

View Item
View Item