Ziyodullayeva, Leyla and Abdurakhmonova, Munisa (2026) HAVO ZARARLANISHINING REPRODUKTIV ORGANLARGA TA’SIRI. MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE; Vol. 4 No. 3 (2026): MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE; 129-136.
32905.pdf - Published Version
Download (225kB)
Abstract
Atmosfera havosining sanoat chiqindilari, transport gazlari va boshqa toksik moddalar bilan ifloslanishi inson salomatligiga, ayniqsa reproduktiv tizim faoliyatiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi havo zararlanishining erkak va ayol reproduktiv organlariga patofiziologik ta’sir mexanizmlarini ilmiy manbalar asosida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot jarayonida ekologik tibbiyot, patologik fiziologiya va reproduktiv salomatlik bo‘yicha zamonaviy ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, atmosfera havosidagi og‘ir metalllar, azot oksidlari, oltingugurt dioksidi va mayda zarrachalar (PM2.5 va PM10) organizmda oksidlovchi stressni kuchaytirib, gormonal muvozanatning buzilishiga, gametogenez jarayonining pasayishiga va reproduktiv funksiyaning susayishiga olib keladi. Shuningdek, ayollarda homiladorlik asoratlari, erkaklarda esa spermatogenezning buzilishi va bepushtlik xavfi ortishi kuzatiladi. Tadqiqot natijalari havo ifloslanishining reproduktiv salomatlik uchun muhim xavf omili ekanligini ko‘rsatadi va ekologik profilaktika choralarini kuchaytirish zarurligini ta’kidlaydi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 31 Oct 2026 21:07 |
| Last Modified: | 31 Oct 2026 21:07 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/22648 |
