KASBGA OID FRAZEOLOGIZMLARDA METAFORANING ROLI: SEMANTIK VA USLUBIY TAHLIL

ORIGINAL SOURCE
Originally published in INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE; Vol. 3 No. 3 (2026): INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE; 26-29.

Mavlonova, Husnoro and Tojiboyeva, Shoxista (2026) KASBGA OID FRAZEOLOGIZMLARDA METAFORANING ROLI: SEMANTIK VA USLUBIY TAHLIL. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE; Vol. 3 No. 3 (2026): INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE; 26-29.

[thumbnail of 10965.pdf] PDF
10965.pdf - Published Version

Download (212kB)

Abstract

Mazkur maqolada kasbga oid frazeologizmlar tarkibida metaforaning tutgan o‘rni, uning semantik mazmunni shakllantirish hamda nutqning uslubiy ta’sirchanligini oshirishdagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida kasbiy faoliyat bilan bog‘liq frazeologik birliklarning metaforik asosda yuzaga kelishi, ularning obrazlilik darajasi hamda til egalarining kasbiy dunyoqarashi bilan uzviy aloqasi yoritiladi. Frazeologizmlarda qo‘llaniladigan metaforalar inson mehnati, kasbiy jarayonlar, ijtimoiy munosabatlar va professional tajribani obrazli ifodalash vositasi sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Shuningdek, kasb nomlari va faoliyatiga oid metaforik frazeologizmlar orqali abstrakt tushunchalarning konkret tasvirlar yordamida ifodalanishi, nutqda ekspressivlik, baholash munosabati va emotsional rangdorlikni kuchaytirishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari kasbga oid frazeologik birliklar nafaqat nominativ vazifani, balki kommunikativ-pragmatik va uslubiy funksiyalarni ham bajarishini ko‘rsatadi. Metafora frazeologik birliklarning semantik kengayishiga, ko‘chma ma’no hosil bo‘lishiga hamda milliy-madaniy tafakkurning aks etishiga xizmat qiluvchi muhim lingvistik mexanizm sifatida talqin etiladi. Mazkur tadqiqot kasbga oid frazeologizmlarning semantik tuzilishi, uslubiy imkoniyatlari hamda metaforik tafakkur bilan bog‘liqligini ochib berish orqali zamonaviy frazeologiya va pragmastilistik tadqiqotlar rivojiga hissa qo‘shadi.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from International Conference on Interdisciplinary Science
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 03 Nov 2026 21:08
Last Modified: 03 Nov 2026 21:08
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/23002

Actions (login required)

View Item
View Item