АLLАNАZАROV, QO‘LDOSH (2026) MATERIALLAR QARSHILIGI. UNIVERSAL BOOKS AND MONOGRAPHS; Vol. 1 No. 2 (2026): UNIVERSAL BOOKS AND MONOGRAPHS; 115.
39129.pdf - Published Version
Download (2MB)
Abstract
Mazkur “Materiallar qarshiligi” (amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha) uslubiy qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining 60730300 – Qurilish muhandisligi, 60730700 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish hamda 60730100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Materiallar qarshiligi” fanidan nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajarish hamda muhandislik hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Uslubiy qo‘llanmada konstruksiya elementlariga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar va yuklamalar, ichki kuch omillari, kuchlanish va deformatsiyalarni aniqlash, hisobiy sxemalarni tuzish, tayanch reaksiyalarini hisoblash, ichki kuchlar epyuralarini qurish hamda konstruksiya elementlarini mustahkamlik, bikrlik va ustuvorlik shartlari asosida hisoblashga oid nazariy ma’lumotlar va amaliy masalalar yoritilgan. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni bajarish jarayonida hisoblash usullarini to‘g‘ri tanlash, formulalardan foydalanish, olingan natijalarni tahlil qilish va muhandislik nuqtayi nazaridan asoslangan xulosalar chiqarishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur uslubiy qo‘llanma tegishli ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasi va fan dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, talabalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan integratsiyalash, muhandislik masalalarini bosqichma-bosqich yechish hamda kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Qo‘llanmada keltirilgan hisoblash namunalari, amaliy topshiriqlar, chizmalar va nazorat savollari talabalarning bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishga yordam beradi.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Universal Books and Monographs |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 07 Nov 2026 21:08 |
| Last Modified: | 07 Nov 2026 21:08 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/23425 |
