GARDNERELLYOZ BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA QIN MIKROFLORASINING O‘ZGARISHI VA UNI LABORATOR TEKSHIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 6 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 114-124.

Xujaeva, Shaxnoz (2026) GARDNERELLYOZ BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA QIN MIKROFLORASINING O‘ZGARISHI VA UNI LABORATOR TEKSHIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 6 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 114-124.

Full text not available from this repository.

Abstract

Maqolada gardnerellyoz, ya’ni bakterial vaginoz bilan kasallangan ayollarda qin mikroflorasining tarkibiy va funksional o‘zgarishlari, ushbu jarayonning mikrobiologik mexanizmlari hamda laborator diagnostikasining zamonaviy usullari tahlil qilingan. Qinning normal mikrobiotsenozida laktobatsillalarning tutgan o‘rni, ularning himoyaviy xususiyatlari, bakterial vaginoz rivojlanishida Gardnerella vaginalis, Atopobium vaginae, Prevotella spp., Mobiluncus spp. va boshqa anaerob mikroorganizmlarning ishtiroki yoritilgan. Qin mikroflorasining disbiotik o‘zgarishlarini aniqlashda nativ mikroskopiya, Gram usulida bo‘yalgan surtmalarni tekshirish, Amsel mezonlari, Nyujent shkalasi, bakteriologik va molekular-genetik usullarning diagnostik ahamiyati qiyosiy tahlil qilingan. Bakterial vaginozning reproduktiv yoshdagi ayollar orasida tarqalishi mintaqalar bo‘yicha 23–29 foizni tashkil etishi, Nyujent shkalasiga nisbatan Amsel mezonlarining sezgirligi 37–70 foiz, molekular testlarniki esa 90,5–97,3 foiz ekani ko‘rsatilgan. Zamonaviy PZR texnologiyalari, real vaqt rejimidagi miqdoriy PZR va 16S rRNK genini sekvenirlash usullarining imkoniyatlari hamda klinik amaliyotda qo‘llash istiqbollari muhokama qilingan. Bakterial vaginoz diagnostikasida kompleks yondashuvdan foydalanish, mikrobiotsenozdagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri baholash va differensial diagnostika o‘tkazish zarurligi asoslangan.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from South Aral Region Medical Journal
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 08 Nov 2026 21:14
Last Modified: 08 Nov 2026 21:14
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/23607

Actions (login required)

View Item
View Item