ANJIR MEVASINI QURITISH TEXNOLOGIYALARINING ILMIY TAHLILI

ORIGINAL SOURCE
Originally published in AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 263-269.

Xalilova, Xonzodabegim and Khasanova, Kholida (2026) ANJIR MEVASINI QURITISH TEXNOLOGIYALARINING ILMIY TAHLILI. AGROINNOVATSIYА; Vol. 4 No. 5 (2026): AGROINNOVATION; 263-269.

[thumbnail of 732.pdf] PDF
732.pdf - Published Version

Download (267kB)

Abstract

Ushbu maqolada anjir (Ficus carica L.) mevasini turli usullarda-tabiiy quyoshda, issiq havoda, quyosh (solar), mikroto’lqinli, osmotik degidratatsiya kombinatsiyasi hamda vakuumli sublimatsiya va infraqizil bilan uyg‘unlashgan usullarda quritishga doir Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy adabiyotlar tahlili keltirilgan. Tadqiqot muammosi sifatida anjir mevasining yuqori namligi (taxminan 80 %) tufayli tez buzilishi, quritish jarayonidagi sifat yo’qotilishlari va energiya samaradorligining pastligi olingan. Tahlil şuni ko’rsatdiki, tabiiy quyoshda quritish 5-7 kun vaqt oladi va mikrobiologik kontaminatsiya, aflatoksin xavfi hamda askorbin kislotasi yo’qotilishiga olib keladi; issiq havo bilan quritishda (60 °C) qovurilish indeksi oshib, sifat pasayadi; osmotik degidratatsiya yordamida oldindan tayyorlash issiq havo bilan quritish vaqtini 30-50 % ga qisqartirish va energiya sarfini 31-42 % ga kamaytirish imkonini beradi, ammo birikmalarning siropga sizib o’tişi va oqsil-ishqor muvozanatining buzilishi kuzatiladi; gibrid quyosh quritgichi mahsulot xavfsizligi va fenolik birikmalarni saqlash bo’yicha ustunlikka ega; vakuumli sublimatsiya va infraqizil yordamida bosqichma-bosqich amalga oşiriladigan kombinatsiyalangan quritish esa eng yuqori sifat ko’rsatkichlarini ta’minlaydi, biroq kapital xarajatlari yuqori. Maqolada har bir usulning natijalari, afzalliklari va kamchiliklari qiyosiy tahlil qilinib, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish bo’yiça takliflar ishlab chiqilgan.

Item Type: Article
Additional Information: Imported from AGROINNOVATSIYA
SWORD Depositor: Admin User
Depositing User: Admin User
Date Deposited: 09 Nov 2026 21:13
Last Modified: 09 Nov 2026 21:13
URI: https://universalpublishings.uz/id/eprint/23704

Actions (login required)

View Item
View Item