S, Turabjanov and G, Gulomova (2026) KO‘MIRLARNING PAST HARORATLI OKSIDLANISH JARAYONINI EKSPERIMENTAL TADQIQ ETISH VA ENDOGEN YONG‘IN XAVFINI BAHOLASH. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi; Vol. 4 No. 9 (2026): "YANGI O‘ZBEKISTONDA TABIIY VA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ; 180-184.
38422.pdf - Published Version
Download (439kB)
Abstract
Maqolada Angren, Apartak va Qozoq ko‘mirlarining past haroratli oksidlanish jarayoni eksperimental tadqiq etilgan va ularning endogen yong‘inga moyilligi qiyosiy baholangan. Laboratoriya sharoitida oksidlanish jarayoni davomida haroratning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi, kislorod sarfi va gaz ajralishi dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 90 daqiqalik tajriba yakunida Angren ko‘mirida harorat 250C dan 1080C gacha ko‘tarilgan, kislorod sarfi 9,3% va gaz ajralishi 118 ml/100 g ni tashkil etgan. Apartak ko‘mirida mazkur ko‘rsatkichlar mos ravishda 660C, 6,8% va 88 ml/100 g, Qozoq ko‘mirida esa 570C, 5,1% va 60 ml/100 g ni tashkil etgan. Shuningdek, rentgen-fazaviy tahlil asosida ko‘mir namunalarining fazaviy tarkibi o‘rganilib, 2θ=30-400 oralig‘ida amorf uglerod fazasiga xos diffuz galo mavjudligi aniqlangan. Olingan natijalar haroratning o‘sish tezligi, kislorod sarfi va gaz ajralishi ko‘mirning oksidlanish faolligini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar ekanligini ko‘rsatdi. Mazkur ko‘rsatkichlarni kompleks monitoring qilish endogen yong‘in xavfini erta aniqlash va baholash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from Yangi O'zbekistonda tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar konferensiyasi |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 10 Nov 2026 21:09 |
| Last Modified: | 10 Nov 2026 21:09 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/23789 |
