Yuldashov, J.A and Matrasulova, D.M and Quromboyev, B.Sh and Jumaniyozov, A.A (2026) ABDOMINAL SEMIZLIKDA SURUNKALI TOSHSIZ XOLETSITIT KASALLIGINI KECHISHI VA BEMOR HAYOTIY SIFAT KO’RSAKICHLARIGA TA’SIRI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 6 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 142-148.
2174.pdf - Published Version
Download (468kB)
Abstract
Dolzarbligi. Abdominal semizlik fonida surunkali toshsiz xoletsistit o't yo'llari motorikasi buzilishini, dispepsiyani va og'riq davomiyligini kuchaytiradi. Bunday bemorlarda hayot sifati hamda klinik va psixologik holatni o'rganish dolzarb hisoblanadi. Maqsad. Kasallikning kechish va davolash xususiyatlarini, klinik ko'rinishini, biliar trakt holatini hamda hayot sifati ko'rsatkichlarini o'rganish. Material va usullar. Tadqiqotga 45–65 yoshdagi (o'rtacha yoshi 49±1,3) jami 70 nafar ayol jalb qilindi. 1-guruhni abdominal semizliksiz surunkali toshsiz xoletsistitli 25 nafar bemor, 2-guruhni abdominal semizlik fonida surunkali toshsiz xoletsistitli 25 nafar bemor tashkil etdi. Nazorat guruhiga jinsi va yoshi mos keluvchi, gepato-biliar tizim kasalliklari bo'lmagan 20 nafar shaxs kiritildi. Hayot sifati Nottingham Health Profile so'rovnomasi, shaxsiy tashvish darajasi Ch.D. Spilberger shkalasi, nevroz darajasi Xek va Xess testi yordamida baholandi. Xulosa. Abdominal semizlik hayot sifatining yomonlashuviga surunkali toshsiz xoletsistitning o'zidan keskin ko'proq ta'sir ko'rsatmadi, biroq xavotirlanish va nevrotizatsiya darajasining yuqori bo'lishiga zamin yaratdi. Shuning uchun har ikkala guruhdagi bemorlarni tibbiy reabilitatsiya majmuasiga, ayniqsa vazn ortiqchaligi kuzatilgan hollarda, psixologik skrining, maqsadli psixokorreksiya va hayot sifati ko'rsatkichlarini dinamik nazorat qilishni kiritish maqsadga muvofiq.
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 13 Nov 2026 21:09 |
| Last Modified: | 13 Nov 2026 21:09 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/24120 |
