Alimova, Shahnoza and Yuldoshmurodov, Diyorbek (2026) QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA SURUNKALI TONZILLITNING KECHISH XUSUSIYATLARINI QIYOSIY MODELLASHTIRISH USULIDA TAHLIL QILISH. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 6 (2026): JANUBIY OROLBO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 169-175.
2190.pdf - Published Version
Download (468kB)
Abstract
Qandli diabet organizmning immunobiologik himoya mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatib, yuqumli kasalliklarning klinik kechishi va davolash samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin. Surunkali tonzillitning qandli diabet bilan birgalikda kechishi bodomcha bezlardagi yallig‘lanish jarayonining davomiyligi, kasallikning qaytalanish chastotasi hamda asoratlar rivojlanishi xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda LOR a’zolari infeksiyalarining kechishida shartli-patogen mikroorganizmlarning o‘rni va glikemik nazorat darajasi bilan mikrobiologik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi ehtimoliy bog‘liqlik qayd etilgan.Mazkur tadqiqotda jami 100 nafar bemorga oid shartli klinik ma’lumotlar tahlil qilindi. Asosiy guruhni qandli diabet va surunkali tonzillit birgalikda tashxislangan 25 nafar bemor, taqqoslash guruhini esa qandli diabeti bo‘lmagan, surunkali tonzillit bilan kasallangan 50 nafar bemor tashkil etdi. Bemorlarning yoshi, jinsi, kasallikning klinik shakli, qaytalanish chastotasi va davolash samaradorligi bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazish ko‘zda tutildi. Antibakterial davolashni baholashda klinik ko‘rsatmalar va mikrobiologik tekshiruv natijalariga asoslanish nazarda tutildi
| Item Type: | Article |
|---|---|
| Additional Information: | Imported from South Aral Region Medical Journal |
| SWORD Depositor: | Admin User |
| Depositing User: | Admin User |
| Date Deposited: | 19 Nov 2026 21:08 |
| Last Modified: | 19 Nov 2026 21:08 |
| URI: | https://universalpublishings.uz/id/eprint/24623 |
